Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng mahoratli haykaltaroshlar Samarqandda
14:26 / 2022-08-15

Samarqand shahridagi Vatanparvar bog‘ida joriy yilning sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammiti munosabati bilan "Samarqand ruhi" loyihasi doirasida "Samarqand – 2022" xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi boshlandi.

Tashkilotga a’zo davlatlar va boshqa mamlakatlar haykaltaroshlari ishtirok etayotgan tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov kirish so‘zi bilan ochdi.  

Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan simpoziumda qatnashayotgan haykaltaroshlar shu yerda o‘z ijodiy asarlarini yaratib, tomoshabinlar hukmiga havola etadi. Simpozium 10 sentyabrgacha davom etadi.  

G‘.Hasanov, O‘zA