Eng kuchlilar va eng faollar taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyat boshqarmasida “Eng faol ijtimoiy xodim”, “Eng faol ijtimoiy xodim assistenti” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovning test bosqichida mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi 705 nafar xodim hamda 362 nafar ijtimoiy xodim assistenti ishtirok etdi. Eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan ishtirokchilar viloyat miqyosida g‘oliblik uchun bellashdi.
G‘oliblarga diplom va pul mukofotlari tantanali topshirildi. Shuningdek, ularga Xorazm viloyatiga 4 kunlik sayohat uchun sertifikat ham taqdim etildi.
[gallery-22744]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA