Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng kuchlilar g‘olib bo‘ldi
15:28 / 2022-08-09

Armrestling inglizcha Arm – qo‘l, wrestling – kurash degan ma’noni anglatadi.

Ushbu sport turida ikki kishi maxsus stolda tirsagini tayanchdan uzmasdan bir-birining qo‘lini qayirib mushti sirtini stolga tegizish uchun kurashadi. Agar o‘ng qo‘l bilan musobaqalashsa chap qo‘l bilan stoldagi maxsus tutqichdan ushlanadi.  

Mamlakatimizda Armrestling 20 asrning 90 yillarida sport turi qatoridan o‘rin oldi. 1995 yildan yurtimizdagi armrestlingchilar xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. Ko‘plab sportchilar jahon chempioni degan nomni qo‘lga kiritdi. bugungi kunda ushbu sport turini ommalashtirish maqsadida ko‘plab sport bellashuvlari tashkil qilinmoqda.  

Yuqori Chirchiq tumanida  o‘tkazilgan Armrestling sport turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi “Toshkent viloyati ochiq kubogi” musobaqasi ham qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. 

Musobaqada Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq, Bo‘ka, Parkent, Zangiota tumanlari, Chirchiq shahri hamda Andijon, Farg‘ona va Toshkent shahridan jami 120 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.  

Erkaklar o‘rtasidagi bahsda Bunyod Shoislomov, Mirabbos Mirsaitov, Bexruz Botirxo‘jayev, Umidjon Ermatov, Abrorjon Risqiboyev, Isroil Shokarimov, Begzod Matnazarov, Aziz Akarov, Xudoyor No‘’monov, Sarvar Abdunabiyevlar, ayollar o‘rtasidagi bellashuvda Shaxnoza Begimova, Saida Sultonqulova, E’zoza Sobirovalar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

Umumjamoa bo‘yicha Yuqori Chirchiq tumani birinchi, Quyi Chirchiq tumani ikkinchi, Toshkent shahri jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

O‘zA