Eng kuchli yosh stol tennischilarimiz aniqlandi
Qashqadaryo viloyatida stol tennisi bo‘yicha 19 yoshgacha (U-19) bo‘lgan o‘smir yigitlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida A.Yerkebayeva, A.Kamalova, Sh.Yorqulova hamda M.Abdullayeva qizlar orasida shohsupaga ko‘tarildi. Yigitlar o‘rtasida Sh.Iskandarov, M.Abdurasulov, T.Nurmanov va D.Tojimuhammadjonov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Shuningdek, juftliklar o‘rtasida N.Tojioxunova/S.Adhamova tandemi mamlakat chempioni bo‘ldi. X.Ahmedov/R.Nasriddinov dueti esa o‘g‘il bolalar toifasida oltin medal sohibi bo‘ldi. Aralash juftlikda S.G‘ulomov va Sh.Qodirova juftligiga teng keladigani topilmadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA