English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng kuchli yosh qilichbozlarimiz Toshkentda bellashmoqda
09:34 / 2024-05-14

Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatida rapira va shpaga yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.

Qilichbozlikning rapira yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan yakkalik bahslarda mamlakatimizning turli hududidan 81 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Unda Muhammadyusuf Asranov va Marjona Usmonova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Jamoaviy bahslarda esa Toshkent 1 jamoasi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida birinchi bo‘ldi.  

Shpaga yo‘nalishidagi yakkalik bahslarda jami 105 nafarga yaqin qilichbozlar kuch sinashdi. Murosasiz kechgan bahslarda yigitlar orasidan andijonlik Mirzoulug‘bek Mo‘minov va qizlar bellashuvida Shahzoda Egamberdiyeva mamlakat chempioniga aylandi.  

Endi chempionat doirasida shpaga bo‘yicha jamoaviy hamda sablya yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA