Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng kuchli yosh qilichbozlarimiz saralanmoqda
09:58 / 2026-02-12

Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha U17 yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionatida rapira yo‘nalishida yakkalik va shpaga bo‘yicha juftlik bahslari g‘oliblari aniqlandi.

Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq o‘g‘il-qiz sportchilar g‘oliblik uchun keskin va murosasiz kurash olib bordi. Unda Sardor Po‘latov yigitlar o‘rtasida chempionga aylangan bo‘lsa, Aneliya Kildeyeva qizlar orasida barcha raqiblarini dog‘da qoldirgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.  

Chempionatning shpaga yo‘nalishida jamoaviy bahslarda Toshkent viloyati-1 jamoasi Guliston-2 jamoasini taslim etib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Ushbu jamoalarga yarim finalda mag‘lub bo‘lgan,  Guliston-1 va Qoraqalpog‘iston jamoalari kuchli uchlikdan joy oldi.

Qoraqalpog‘iston-1, Toshkent viloyati, Navoiy-1 va Andijon-1 jamoalari qizlar toifasida shohsupaga ko‘tarildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA