Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida sambo bo‘yicha yilning so‘nggi rasmiy musobaqasi – O‘zbekiston kubogi bahslari keskin va murosasiz bahslar ostida o‘tmoqda.
Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan sambochilar bahs olib borayotgan kubok bellashuvlarida O‘tkir G‘ulomaliyev, Oyatillo Ashurov, Ortiq Rashidov, Mirjalol To‘xtayev, Umar Jumayev, Saidislombek Qurbonov, Javohir Sadinov, Muhabbat Yoqubova, Gulsevar Nig‘matov, Karomat Choriyeva, Tillo Honumqulov, So‘g‘diyevna Toshmatova va Shinar Ibroyeva kabi sportchilar o‘z vazn toifalari va yo‘nalishlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogida erkaklar, ayollar hamda jangovar sambo yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Ushbu bellashuvlarda eng yaxshi natija qayd etgan sportchilar kelgusi yilda terma jamoa safida nufuzli xalqaro turnirlarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA