French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng kuchli polvonlar O‘zbekiston kubogida bellashmoqda
13:19 / 2016-10-20

Poytaxtimizda yunon-rum, ayollar kurashi va erkin kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda.

Poytaxtimizda yunon-rum, ayollar kurashi va erkin kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan yoshlar o‘rtasida Olimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish, ular o‘rtasidan iste’dodli sportchilarni saralash va terma jamoa safiga qo‘shish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada ikki yuzga yaqin polvon o‘zaro bellashmoqda.

Mamlakat kubogida dastlab, yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Unda Islom Bahromov, Fazliddin Nomozov, Mirzobek Rahmatov, Jalgas Berdimuratov, Rustam Sultonov, Mo‘minjon Abdullayev, Dilshod va Jahongir Turdiyevlar o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.