Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng kuchli motosportchilar aniqlandi
10:56 / 2023-02-27

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmoqlarida sportning motokross turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va O‘zbekiston birinchiligining dastlabki bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan yuzdan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan bellashuvning dastlabki kuni 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 65, 85, 125 sm3 hajmli mototsikllarda, ikkinchi kuni 18 yoshdan yuqori bo‘lgan sportchilar 350, 500 va 750 sm3 hajmli mototsikllarda o‘z mahoratlarini namoyish etadi.  

Musobaqa yakunida O‘zbekiston chempionati va birinchiligida umumjamoa hisobida Surxondaryo viloyati terma jamoasi faxrli birinchi, Toshkent viloyati vakillari ikkinchi va Navoiy viloyati sportchilari uchinchi o‘rinlarni egalladi.  

G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.  

 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,  

O‘zA muxbiri