Eng kuchli kichik raketka ustalari chempionlik uchun kurashmoqda
Poytaxtimizdagi O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi sport majmuasida ayollar va erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari qizg‘in davom etmoqda.
Chempionatning erkaklar guruhida 94 nafar, ayollar guruhida esa 86 nafar reytingga ega kichik raketka ustalari g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Yakkalik, jamoaviy va aralash jamoaviy o‘yinlarni qamrab olgan mazkur birinchilik natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari aniqlanadi.

Boshqacha aytganda, mamlakat chempionatida sovrinli o‘rinlarni egallagan tennischilar joriy yil 28 aprel - 10 may kunlari Angliyaning London shahrida bo‘ladigan jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionati hamda 19-25 oktyabr kunlari O‘zbekistonda tashkil etiladigan Osiyo chempionatida vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Toshkentda o‘tayotgan chempionat doirasidagi musobaqalar 16 fevralga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA