English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng kuchli jamoa g‘olib bo‘ldi
11:04 / 2023-12-13

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida sportning “Kurash” turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada yetti vazn toifasida, O‘zbekiston Respublikasi IIV, DXX, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, FVV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirliklarining 123 nafar sportchi xodimlari qatnashdi.  

Musobaqaning tantanali ochilish qismida so‘zga chiqqanlar bugun mamlakatimizda sportni, ayniqsa kurashni ommalashtirish borasida davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu musobaqa ularning professional faoliyati rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi.  

Asrlar davomida mardlik, bag‘rikenglik, olijanoblik va halollik timsoli sifatida e’zozlanib kelingan o‘zbek kurashi xalqimizning tarixiy merosi sifatida Yangi O‘zbekistonda butunlay yangi davrga qadam qo‘ymoqda. Kurash sport turini huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari tomonidan keng ommalashtirish borasida ham keng ko‘lam ishlar olib borilmoqda.  

Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tdi. Musobaqa yakunida umumjamoa bo‘yicha uchinchi o‘rinni DXX va Mudofaa vazirligi, ikkinchi o‘rinni FVV, birinchi o‘rinni esa IIV terma jamoalari egalladi.  

Yakkalik va jamoaviy bahslar g‘oliblari kubok, medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Musobaqada viloyat hokimi Botir Zaripov qatnashdi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.