Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng kuchli eshkak eshuvchilar Toshkentda jam bo‘ldi
10:21 / 2026-02-03

Toshkent shahridagi Anhor kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ko‘pkurash kubogining yakuniy IV bosqichi bo‘lib o‘tdi. Sportchilar musobaqada 2 kilometr masofada raqobatlashdi.

Bellashuvlarda yosh va istiqbolli sportchilar ishtirok etib, sovrinli o‘rinlar uchun kechgan bahslar keskin va murosasiz tarzda o‘tdi. Jumladan, 2012 yilda tug‘ilgan va undan kichiklar yosh toifasida K-1 yo‘nalishida Husayn Gunesh o‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, Yuliana Tropina qizlar orasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Diyorbek Ro‘ziboyev esa S-1 masofada tengsiz ekanini isbotladi.

Shuningdek, 2010–2011 yillarda tug‘ilganlar o‘rtasida K-1 bo‘yicha Aleksey Gerasimenko va Umida Junusbekova, S-1 da Shuhratillo Po‘latov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Yoshlar toifasila Maksim Ivliyev (K-1), Davron Ravshanov (S-1), Karina Xusnutdinova (K-1) va Xadicha Fayziyeva (S-1), kattalar o‘rtasida esa Yaroslav Slavgorodskiy (K-1) marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA