Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng kuchli atletlar aniqlandi
11:20 / 2020-12-28

Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada 150 nafardan ortiq atletlar ishtirok etdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan chempionatning turli masofalarga yugurish bahslarida Habib Sohibnazarov, Shota Shalikashvili, Xurshid Ahmadaliyev, Oybek Mamatkomilov, Sharifa Davronova, Iroda Yo‘ldosheva, Laylo Allaberganova marra chizig‘ini birinchilardan bo‘lib bosib o‘tdi. To‘siqlar osha 100, 110 va 400 metr masofaga o‘tgan bellashuvlarda Ergash Normurodov, Shohruz Baratov, Saida Abdumo‘minova, Mexrangiz Ernazarova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Balandlik, uzunlik  va uch hadlab sakrashda Dmitriy Melsitov,  Dmitriy Pupko, Javohir Noriyev erkaklar o‘rtasida mamlakat chempioniga aylangan bo‘lsa, xotin-qizlar o‘rtasida Safina Sa’dullayeva, Sharifa Davronova hamda Xushnoza Shavkatova g‘alaba qozondi.

Yengil atletikaning eng tomoshabob yo‘nalishidan biri bo‘lgan sportcha yurish bo‘yicha 10 kilometr masofaga o‘tgan poygada Rasulbek Dilmurodov va Diana Yafasova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Langar cho‘pga tayanib sakrashda Ruslan Maqsumov hamda Violetta Peregudova hamon tengsiz ekanini yana bir karra isbotladi.

Yadro, nayza, disk va bosqon uloqtirishda Rashidbek Sodiqov, Sarvar Ismoilov, Ivan Markelov, Suhrob Xo‘jayev, Sofiya Burxanova Nargiza Qo‘chqorova Sevara Rejepova hamda Rigina Adashboyeva O‘zbekiston chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

 

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA