English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng ko‘p hujjat qabul qilgan OTM — O‘zMU, eng ko‘p abituriyent — Qashqadaryodan
14:33 / 2022-08-02

2022/2023 o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 20 iyundan boshlanib, chet tilidan (kasbiy) ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga – 17 iyul kuni, boshqa ta’lim yo‘nalishlariga – 27 iyul kuni yakunlandi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali onlayn tarzida amalga oshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi abituriyentlar my.dtm.uz va my.gov.uz saytlaridan tashqari barcha tumanlardagi Davlat xizmatlari markazlarida (17 ta) ro‘yxatga olindi. Bunda Davlat xizmatlari markazlariga Davlat test markazi va oliy ta’lim muassasalaridan mutaxassislar abituriyentlarga maslahat berish uchun jalb etildi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat xizmatlari markazlaridan tashqari 100 ga yaqin maktablarda ham amalga oshirildi. Ular uchun alohida koll-markazlar ishga tushirildi.

Respublika bo‘yicha jami 84 ta davlat oliy ta’lim muassasasi hamda ularning hududlardagi 30 ta filial va fakultetlariga 1 million 146 ming 744 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Joriy yilda ilk bor 12 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etilib, 6 ming 867 nafar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan) abituriyent masofaviy ta’lim shaklida o‘qish istagini bildirdi. Shuningdek, 585 ming 669 nafar abituriyent kunduzgi, 25 ming 369 nafari kechki, 528 ming 839 nafari sirtqi ta’lim shakli uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

Eng ko‘p abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tgan oliy ta’lim muassasasi (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan)

1. O‘zbekiston milliy universitetiga – 41 ming 577 nafar abituriyent hujjat topshirdi.

2. Toshkent davlat pedagogika universitetiga – 40 ming 523 nafar;

3. Namangan davlat universitetiga – 37 ming 267 nafar;

4. Urganch davlat universitetiga – 37 ming 91 nafar;

5. Jizzax davlat pedagogika instituti – 35 ming 706 nafar abituriyent hujjat topshirdi.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

1. Qashqadaryo viloyati 133 ming 987 nafar hujjat topshirilgan.

2. Samarqand viloyati - 125 ming 717 nafar.

3. Toshkent viloyati -107 ming 923 nafar.

4.Farg‘ona viloyati -104 ming 201 nafar.

5.Surxondaryo -101 ming 417 nafar.

Test sinovlarini o‘tkazish uchun 58 ta (2021 yilda 53 ta) bino, stadion va xiyobon tayyorlanmoqda. Bunda birinchi smenada 1 ming 614 ta guruhda 48 ming 420 nafar, 1 kunda (2 smenada) esa 3 ming 228 ta guruhda 96 ming 840 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.

Test sinovlarining ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida xalq ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining 3 ming 500 nafarga yaqin rahbar va pedagog kadrlarni guruh nazoratchilari sifatida jalb etish rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 yanvardagi 34-sonli qarorida 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining (fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika va Nukus davlat pedagogika institutlarining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishi belgilangan.

Joriy yilda mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 13 mingdan ziyod abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Ular uchun 2022 yil 23 -26 iyul kunlari mazkur 6 ta oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun ilk bor chet tilidan xalqaro standart asosida tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga oid kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.

Imtihonlar abituriyentlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda tashkil etildi va abituriyentlar o‘zlari tanlagan hududda imtihonlarda ishtirok etdi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib, uning 1-bosqichi (yozma qismi) 23-25 iyul kunlari qog‘oz shaklida, 2-bosqichi esa 24-26 iyul kunlari elektron tarzda bo‘lib o‘tdi.

Bunda abituriyentlar imtihoning 1-bosqichi (yozma qismi) o‘tkazilgan kunning ertasiga 2-bosqich ( gapirish) imtihonlarida ishtirok etdi. Mazkur imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

11 ta chet tili – ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab va fors tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarini bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Hozirda imtihon natijalarini hisoblash ishlari yakunlanmoqda. Natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi. Buning uchun abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida mazkur sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritadilar va ularning sertifikatlari mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.

Joriy yilgi onlayn ro‘yxatga olish jarayonida abituriyentlar tomonidan 29 mingdan ortiq chet tili sertifikati tizimga yuklandi. Sertifikatlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan tekshirilganida 955 ta sertifikat talabga javob bermasligi aniqlandi. (Ularning aksariyati chet tili sertifikati emas).

Shuningdek, 56 ta sertifikat qalbaki ekanligi aniqlanib, bu bo‘yicha tegishli ma’lumotlar tayyorlangan holda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi. Qalbakilashtirilgan sertifikatlarning 44 tasi IELTS, 9 tasi milliy, 2 tasi HSK , 1 tasi TOEFL iBT sertifikatidir.

Joriy yilda chet tilidan milliy va xalqaro sertifikatga ega  (sertifikatlar tasdiqlangan) abituriyentlar soni 28 ming 116 tani tashkil etdi. Bu 2021 yilga nisbatan 17 ming 468 taga yoki 2,6 barobarga ko‘pdir (2021 yilda 10 ming 648 ta).

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga batafsil javoblar qaytarildi.

Test jarayonlariga tayyorgarlik ishlari qanday olib borilmoqda?

N.Usmonova,

O‘zA