Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng koʻp mablagʻ qaysi mahsulot importi uchun sarflangani oydinlashdi
12:33 / 2019-01-23

Davlat statistika qoʻmitasi 2018 yil davomida yurtimizga import qilingan mahsulotlar hajmi 19,5 milliard dollarni tashkil etganini maʼlum qildi.


Davlat statistika qoʻmitasi 2018 yil davomida yurtimizga import qilingan mahsulotlar hajmi 19,5 milliard dollarni tashkil etganini maʼlum qildi. Bu 2017 yilga nisbatan 39,6 foiz koʻp demakdir.

Import qilinayotgan tovar va xizmatlar orasida sanoatni qayta jihozlash uchun xarid qilinayotgan zamonaviy mashina va asbob-uskunalar muhim oʻrin tutadi. Bu umumiy import hajmining 42,6 foizini tashkil qiladi. Importning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Janubiy Koreya hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Roʻyxatda Qozogʻiston, Turkiya va Germaniya ham yuqori oʻrinlarni egallagan.

Import mahsulotlari orasida oziq-ovqat mahsulotlariga sarflangan mablagʻ 1,6 milliard dollarni tashkil etdi. Shakar, bugʻdoy, un, kungaboqar yogʻi, kartoshka va qandolatchilik mahsulotlari xarid qilingan.

Chorva hayvonlari uchun omixta-yem xarid qilishga 132,5 million dollar, dori vositalarini olib kelish uchun esa 852,4 million dollar sarflandi. Farmatsevtika mahsulotlari asosan Ukraina va Hindistondan olib kelingan.

Yurtimizda yangi uy-joylar, inshoot va binolar qurilishi hajmini ortishi hisobiga qurilish materiallariga boʻlgan talab ortib bormoqda. Xususan, yurtimizga 176,5 million dollarlik sement, 621,3 million dollarlik taxta va yogʻoch mahsulotlari olib kirilgan.