Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng katta yangilik – 2026 yilda ilk bor mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m viloyatlarning o‘ziga beriladi
16:52 / 2025-11-19

Lekin bu mablag‘ hamma tumanga teng taqsimlanmaydi.

Chunki, Do‘stlik tumanida berilgan 5 milliard so‘m maqsadli ishlatilib, Chinobod mahallasidagi 2 kilometrli ko‘chaning infratuzilmasi yaxshilandi, kun-u tun ishlaydigan maskanga aylantirildi. Ishning samarasi ko‘ringani sababli tumanga yana 10 milliard so‘m ajratilgan edi, ko‘chaga tutashgan daryo bo‘yi obodonlashtirildi, savdo-servis uchun qo‘shimcha joy ochildi. Natijada 130 ta yangi tadbirkor ish boshlab, 700 nafar odamni band qildi.

Lekin xuddi shunday “drayver” loyihalar uchun mablag‘ olgan Uchko‘prik, Bektemir, Jomboy, Kitob, Toshkent tumanlarida hali natija ko‘ringani yo‘q.

–Endi qaysi hokim tez harakat qilib, aniq loyiha asosida natija ko‘rsatsa, o‘sha tuman ko‘p mablag‘ oladi,

– dedi Prezident.

Viloyat hokimlariga ish o‘rni yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga katta turtki beradigan loyihalarni saralab, barcha tayyorgarlikni shu yilning o‘zida oxiriga yetkazish topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

O‘zA