Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng katta boylik – aql-zakovat va ilm
12:28 / 2020-01-24

Davlatimiz rahbarining har bir yoʻnalish boʻyicha aytayotgan fikrlari, oldimizga qoʻyayotgan vazifa va maqsadlari bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichda davom ettirishga katta turtki boʻladi.

Ayniqsa, 2020-yilga “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berilganini chin dildan qoʻllab-quvvatlayman.

Toʻgʻri-da, eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta qashshoqlik esa bilimsizlikdir. Oldimizga qoʻygan barcha maqsadlarimizga erishish uchun ilmli, zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislar, yangicha fikrlaydigan yosh avlod kerak. Bunday avlodni bugun tarbiyalashimiz zarur.

Ayni shu masalada Prezidentimiz koʻpchilikka, butun xalqimizga manzur boʻladigan gapni aytdilar. Yaʼni bu yil oliy oʻquv yurtlariga qabul kvotalarida davlat grantlarining ikki barobar oshirilishi, qizlar uchun alohida davlat grantlari ajratilishi bu oliy taʼlim tizimida juda katta yangilik, xalqimiz uchun qulaylik.

Ilhom TOʻXTASINOV,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori