English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng intellektual sog‘liqni saqlash tashkiloti aniqlanadi
17:30 / 2023-07-07

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, mamlakatimiz tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida “Business quiz medical” — birinchi intellektual bellashuvi o‘tkaziladi.

2023 yil 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqada 50 dan ortiq xususiy va davlat sog‘liqni saqlash tashkilotlari jamoalari qatnashishi mo‘ljallangan.    

Ishtirokchilarga tibbiyotning 7 ta yo‘nalishiga oid savollar beriladi.    

Ko‘p to‘g‘ri javob bergan jamoa “O‘zbekistonning eng intellektual sog‘liqni saqlash tashkiloti” deb topilib, maxsus g‘oliblik kubogi bilan taqdirlanadi.  

Ushbu tadbir tibbiyot xodimlari va rahbarlarining intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘rtasida do‘stona aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.  

“O‘zbekistonning eng intellektual sog‘liqni saqlash tashkiloti" bellashuvida ishtirok etishni istaganlar https://rpst.uz/ckK havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.  

Nasiba Elibekova tayyorladi.