Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng ilg‘orlar taqdirlandi
14:00 / 2022-10-14

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng namunali ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” va “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” respublika tanlovining viloyat bosqichi yakunlariga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tanlovlarning viloyat bosqichida faxrli o‘rinni egallagan 24 nafar g‘oliblarga O‘zbekiston kasaba uyushmasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari berildi. G‘oliblarni tabriklash uchun viloyatning to‘rtta sektor rahbarlari boshchiligida tegishli boshqarma va tashkilotlarning rahbarlari qatnashdi.

Belgilangan talablarga ko‘ra, tanlov ishtirokchilari bir qator yo‘nalishlarda faol bo‘lishi kerak. Xususan, mahallada aholining, ayniqsa, xotin-qizlar muammolarini “xonadonbay” va “fuqarobay” o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashishi zarur. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, “Yoshlar daftari” bilan samarali ish olib borgan yetakchilarni rag‘batlantirish hamda ish jarayonida erishgan natijalari sarhisob qilindi.

 Tanlovning Toshkent viloyati quyi bosqichlari joriy yilning may-sentyabr oylarida o‘tkazilib, 1 ming 22 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va 88 ta sektor rahbarlari hamda 150 nafardan ortiq ish beruvchi ayol tadbirkorlar qatnashdi. Tadbirda mazkur tanlovlar g‘oliblari va respublika bosqichi ishtirokchilari munosib rag‘batlantirildi. 

Bu kabi tanlovlar sog‘lom raqobat muhitini yaratish, o‘zaro tajriba almashish, erishilgan natijalarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 

A.Musayev,O‘zA.