English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng ilg‘or terimchilar rag‘batlantirildi
16:47 / 2019-10-29

Surxondaryo viloyatida paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etayotgan shu kunlarda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining vohadagi harbiy xizmatchilaridan bir guruhi paxtakorlar huzurida bo‘lib, ilg‘or terimchi va hasharchilarni rag‘batlantirmoqda.


Surxondaryo viloyatida paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etayotgan shu kunlarda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining vohadagi harbiy xizmatchilaridan bir guruhi paxtakorlar huzurida bo‘lib, ilg‘or terimchi va hasharchilarni rag‘batlantirmoqda.

Angor tumanidagi “Angor Surxon g‘ururi” paxta-to‘qimachilik klasterida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirda o‘ndan ortiq eng ilg‘or paxtakorlarga zamonaviy maishiy texnika vositalari sovg‘a qilindi.

– Paxta – milliy boyligimiz, – deydi ofitser K.Allaberdiev. – Uni yetishtirish uchun yirik mablag‘, katta kuch sarflanganini barchamiz yaxshi bilamiz. Shuning uchun ham terimchilarning xom ashyoni yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmay yig‘ib olishini ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik. Paxtakorlar huzuriga kelib, sovg‘alarimizni barchaga o‘rnak bo‘layotgan eng ilg‘or terimchilarga topshirdik.

Joriy yilda viloyat fermerlari 74 gektardan ortiq maydonda xom ashyo parvarishlab, salmoqli hosil to‘pladi. Ayni kunlarda yig‘im-terimda vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan hasharchilar ham faol ishtirok etayotir.

“Angor Surxon g‘ururi” paxta-to‘qimachilik klasteri besh ming gektar maydonda “Surxon-14”, “Surxon-16” navli ingichka tolali paxta yetishtirmoqda. Shu kunlarda yig‘im-terim uyushqoqlik bilan olib borilayotir. Chegarachilar klaster dalalarida yig‘im-terimda ishtirok etayotgan hasharchi va terimchilar bilan suhbatlashib, ilg‘or terimchilarga sovg‘alar topshirildi.

– Chegaralarimizda tunu kun sergak turib, yurtimiz tinchligini, osmonimiz musaffoligini ta’minlayotgan harbiylar qo‘lidan sovg‘a olganimizdan faxrlanamiz, – deydi Angor tumanidagi Dehqonbirlashuv mahallasida yashovchi Z.Toshtemirova. – Mavsum boshlarida har kuni yuz kilogrammdan oshirib paxta terdim. Shu kunlarda o‘rtacha 30-40 kilogramm hosilni terib olayapman. Bugun hayotimda unutilmas kun bo‘ldi. Bu sovg‘a meni yanada unumli mehnat qilishga undaydi.

Tadbir yakunida harbiy qismning “Jayxun” ansambli qiziqarli kuy-qo‘shiqlari bilan terimchilarni xushnud etdi.