Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng faollar munosib taqdirlandi
13:13 / 2023-06-27

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyati musiqali drama teatrida “ASIFL HONOUR – 2023” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

2022-2023 o‘quv yili davomida Andijon davlat chet tillari institutida turli yo‘nalish va sohalar bo‘yicha samarali faoliyat olib borgan o‘qituvchi va xodimlarni taqdirlash maqsadida o‘tkazilgan “ASIFL HONOUR – 2023” taqdimot tadbirida institut professor-o‘qituvchilari, ishchi va xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirda institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Dilshodbek Rustamov so‘z olib, institutning “Sharaf kodeksi” ishlab chiqilgani, unga ko‘ra, har o‘quv yili oxirida alohida e’tirof va sharafga munosib ko‘rilgan institutning eng faollari an’anaviy tarzda taqdirlanib borilishini ta’kidladi.  

– Joriy o‘quv yilini ham jamoamiz barcha soha va yo‘nalishlarda ijobiy natijalar bilan yakunladi, – deydi Dilshodbek Rustamov. –  O‘tkazilgan tadbirda ularning mehnati, samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.

Marosimda  “O‘quv yilining eng faol yosh olimi”, “O‘quv yilining eng faol olima ayoli”, “O‘quv yilining eng faol ilmiy tadqiqotchisi”, “O‘quv yilining eng faol tyutori”, “O‘quv yilining eng faol milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi”, “O‘quv yilining eng namunali xotin-qizlar faoli”, “O‘quv yilining eng yaxshi o‘qituvchisi” kabi va boshqa qator nominatsiya hamda yo‘nalishlar bo‘yicha eng ilg‘orlar taqdirlandi.  

Tadbir yakunida institut talabalaridan tuzilgan “Ibrat” teatr studiyasi tomonidan “To‘ylar muborak” spektakli namoyish etildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA