Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng faol vulqonlardan biri uyg‘ondi
15:30 / 2023-05-11

Ekvador poytaxti Kito shahridan 50 km masofada joylashgan Kotopaxi vulqoni 2,2 km balandlikka kul ustunini uloqtirdi.

Ushbu mamlakat Geofizika instituti xabar berishicha, hududda sun’iy yo‘ldosh orqali 24 soat davomida kuzatuv olib borilyapti. Hozircha favqulodda vaziyat aniqlanmadi.

Mahalliy matbuot yozishicha, mamlakat janubi-g‘arbidagi San-Xoakin va San-Agustin-de-Kallo shaharlari ustida kul buluti paydo bo‘lgan.  

Dunyodagi eng baland vulqonlardan biri hisoblangan Kotopaxi kuli Kitodagi uylarni, mashinalarni qoplab oldi.

Kotopaxi Ekvadordagi ikkinchi eng yuqori cho‘qqi, bu hududdagi vulqon esa dunyodagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi.

O‘zA