Poytaxtimizdagi “Zarafshon” konsert zalida jismoniy tarbiya va sportni eng faol targ‘ib qilgan korxona-tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 yanvardagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan bu kabi tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
[gallery-483]
Mazkur tanlovda tashkilotlarning barcha bo‘linmalari miqyosida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazganligi uchun hamda aholining keng qatlami orasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun nominatsiyalarida g‘oliblar aniqlandi.
Tanlov g‘oliblari «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni hamda O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA