French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng faol o‘quvchi-yoshlar “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari etib saylandi
15:57 / 2023-10-30

Poytaxtimizdagi Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda tuman sardorlarining an’anaviy “El uchun, yurt uchun, porloq kelajagimiz uchun – bir nuqtada birlashamiz” shiori ostidagi “Poytaxt sardorlari forumi” bo‘lib o‘tdi.

Unda tashabbuskor, jamoat ishlarida faol va tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 300 nafar maktab, tuman sardorlar kengashlari a’zolari ishtirok etdi.  

Forumda ishtirokchilar uchun ekologiya, ta’lim, madaniyat va san’at, media savodxonlik, sport, ijtimoiy himoya, va liderlik yo‘nalishlarida seminarlar o‘tkazildi. “Sardorlarning bugungi islohotlar jarayonidagi o‘rni”, “Jamoa shakllantirish: yoshlarning psixologik rivojlanishi” mavzularidagi muhokama yig‘ilishlari, hamda turli sohalarda muvafaqqiyatlarga erishib kelayotgan maktab o‘quvchilari hayotini o‘zida aks ettirgan “Yengilmas” filmi namoyishi tashkil etildi. 

Forum yakunida faol ishtirok etgan, o‘zining qobiliyatlarini yuqori darajada namoyish eta olgan eng faol 14 nafar o‘quvchi-yoshlar Toshkent shahar “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari etib saylandi.  

Yangi sardorlarga Toshkent shahar hududiy Kengashi raisining "Ishonch yorliqlari" hamda "Ittifoq oltin kaliti" topshirildi. Shuningdek, forumning barcha ishtirokchilari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA