Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Eng faol ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi” Respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
20:46 / 2022-04-27

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga muvofiq, 2022 yilning 27 aprel kuni “Eng faol ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi” Respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 15 nafar targ‘ibotchi o‘zaro bellashdi.

Ishtirokchilar umumta’lim muassasasidagi faoliyati davomida o‘quvchilarni to‘garaklarga jalb qilish, ular bilan olib borilayotgan ishlar sifati, yutuqlari, o‘quvchilar o‘rtasida ijodkor o‘quvchilarni kashf etish, ularning ijodiy ishlarini gazeta va jurnallarda yoritilishi hamda o‘zlari erishgan yutuqlar taqdimotini o‘tkazishdi.

Hakamlar hay’ati ishtirokchilar faoliyatini Nizom talablariga asosan 8 yo‘nalishda baholadilar.

“Eng faol ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi” Respublika tanlovining Toshkent shahar boqichida 1-o‘rinni Mirobod tumani 154-sonli umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Ne’matov Zikrilla hamda Yunusobod tumani 274-sonli umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Valiyeva Маҳмудалар egallashdi. 2-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani 27-sonli umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Djumaniyozov Рахимбойга nasib etdi. 3-o‘rinni Bektemir tumani 337-sonli umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Xayrullayeva Lobar qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan diplom, tashakkurnoma, badiiy adabiyotlar jamlanmasi hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Birinchi o‘rinni egallagan 2 nafar targ‘ibotchiga Respublika bosqichiga qatnashish yo‘llanmasi berildi.

O‘zA