Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya tejamkorligini ta’minlash eskirgan uskunalardan voz kechish bilan ham bog‘liq
19:51 / 2024-10-14

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilgan uchrashuv energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mazkur soha mas’ullari va mutaxassislar ishtirok etdi. 

Aytib o‘tilganidek, energiya resurslarini tejash, undan samarali foydalanish, sohada zamonaviy-texnologik va innovatsion loyihalarni keng jalb etish muhim masalalardandir. 

Xususan, tadbirda energiya tejamkorligiga erishishda uskunalarni ta’mirlash va yangisiga almashtirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

“O‘zenergoinspeksiya” bosh mutaxassisi Nodirbek Abdullayevning ta’kidlashicha, bu borada qator chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, tabiiy gaz quvurlarini ta’mirlash, yangisiga almashtirish hisobiga 9 ming metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati yaratiladi. 

–Deylik, ma’nan va jismonan eskirgan isitish qozonlarini almashtirish, rejim sozlash ishlarini amalga oshirish hisobiga 14,3 ming metr kub gazni tejab qolish mumkin. Bugungi tadbirda ushbu jarayonlarni bosqichma-bosqich tashkil etish aytib o‘tildi. Unda dastlab 950 metr tabiiy gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash, 30 ta isitish qozonlarini zamonaviy energiya tejamkoriga almashtirish va 8 ta gaz taqsimlash punktlarini almashtirish va ta’mirlash borasida ish rejalarini belgilab oldik, –dedi N. Abdullayev.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA