English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya tejamkor nasoslar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik rivojlanmoqda
15:17 / 2025-10-23

O‘zbekiston sanoat sektorida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu doirada "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va "Flowserve Corporation"  (Amerika Qo‘shma Shtatlari) kompaniyasi orasida hamkorlik mumtahkamlanmoqda.

Yaqinda mazkur tashkilotlar mas’ullari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda shu haqda so‘z bordi.

Unda AQSHda erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash, energiya tejamkor nasoslar texnologiyasini joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va mavjud nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy qadamlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, "Flowserve Corporation" dunyoda nasoslar, klapanlar va turli sanoat qurilmalari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, sanoatning turli sohalarida samarali yechimlar taqdim etadi.

Uchrashuv yakunida tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish hamda hamkorlik bo‘yicha kelishuvni imzolash yuzasidan  kelishuvga erishildi. Ushbu tashabbus O‘zbekistonda energiya tejamkor nasoslar ishlab chiqarishni rivojlantirish va mahsulot sifatini oshirishga xizmat qiladi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA