Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya taqsimoti tahlil qilindi, muhim vazifalar belgilandi
17:15 / 2023-02-10

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati faollari va mutasaddilar bilan hududda sanoatni rivojlantirish istiqbollari va boshqa dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Unda ma’lum qilinishicha, Jizzax elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlar qariyb 21 foizni tashkil etadi. Bu – respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Shu bois, mas’ullar zimmasiga 2023 yilda yo‘qotishlarni 14 foizgacha tushirish va buning hisobiga 57 million kilovatt soat elektrni tejash vazifasi qo‘yildi.

Tizimdagi salbiy holatlarni qat’iy nazoratga olib, energiya resurslarini talon-toroj qilishga chek qo‘yish, Majburiy ijro byurosi qarzdorlikni keskin kamaytirish choralarini ko‘rishi kerakligi ta’kidlandi.

Viloyatda 4 mingdan ziyod korxonani energiya samaradorligini oshirish orqali 30 million kilovatt soat elektrni tejash zarurligi, bu orqali, viloyatda jami 145 million kub metr gaz tejalishi aytildi. Ma’lumot uchun viloyatda 2022 yilda jami gaz iste’moli 1 milliard kub metrni tashkil qilgan.

Umuman, Jizzax viloyatida energiya tanqisligini to‘liq qoplash va yangi quvvatlarni ishga tushirish zarurligi aytildi.

O‘zA