So‘nggi yillarda xalqaro munosabatlarda energiya masalasi asosiy o‘ringa chiqmoqda.
Neft, gaz va elektr energiyasi endi faqat iqtisodiy rivojlanish omili emas, balki davlatlar o‘rtasidagi siyosiy bosim yoki ta’sir vositasiga ham aylanmoqda. Ayrim holatlarda, ta’bir joiz bo‘lsa, energiya ta’minoti harbiy kuchdan ham samaraliroq qurol vazifasini o‘tamoqda.
O‘zA suhbatdoshi – ekspert Sayfiddin Jo‘rayev ta’kidlashicha, energiya manbalariga egalik qilish yoki muayyan resursni tranzit qilish imkoniyati davlatlarga strategik ustunlik beradi. Ba’zan energiya oqimini cheklash yoki yo‘naltirish, diversifikatsiya qilish orqali siyosiy qaror shakllantiriladi. Shu bois bugungi kunda energiya masalasi milliy xavfsizlik bilan tenglashtirilmoqda.
Binobarin, ayni jarayon yangi xatarlarni ham yuzaga chiqarishi mumkin. Jumladan, yashil energetikaga o‘tish bir tomondan an’anaviy xom ashyoga qaramlikni kamaytirsa, ikkinchi tomondan yangi texnologiya va resurs bog‘liqligini vujudga keltiradi. Boshqacha aytganda, energiya siyosati XXI asrning “ko‘rinmas ta’sirchan quroli” sifatida global tartibni qayta shakllantirmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2cWtML6Yee4" title="Energiya siyosati XXI asrning ko`rinmasquroli(mi?) " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Oybek Davronov (video), O‘zA