English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya samaradorligini oshirish yo‘lida
21:34 / 2014-12-22

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida mamlakatimiz energetikasi istiqboliga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida mamlakatimiz energetikasi istiqboliga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Unda mamlakatimiz va chet ellik olimlar, O‘zbekistonning yirik sanoat korxonalari rahbar va mutaxassislari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, poytaxtimizdagi oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari ishtirok etdi. 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Fanlar akademiyasining Energetika va avtomatika instituti, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. 

Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va muqobil energetikani rivojlantirish muhim vazifa bo‘lib, ularning hal etilishi O‘zbekiston energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 1-martda qabul qilingan “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni sohani yanada isloh etishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Konferensiyada mamlakatimizning muqobil energetika sohasidagi ilm-fan yutuqlari namoyish etildi, olimlar va turli korxonalar mutaxassislarining bu boradagi ishlanmalari ko‘rib chiqildi, chet ellik hamkasblar bilan fikr hamda tajriba almashildi.

– Texnika taraqqiyoti ilgari qimmat turadigan va iqtisodiy samarasiz deb hisoblangan muqobil energiya manbalarini foydalanish mumkin bo‘lgan ishonchli manbaga aylantirmoqda, – deydi Energetika va avtomatika instituti bo‘lim mudiri R.Zohidov. – Mamlakatimiz tabiiy-iqlim resurslariga boy va ushbu resurslar muqobil energetikani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimizda bir yilda 300 kundan ortiq quyosh porlab turadi va bu sanoat maqsadida elektr energiyasi olish uchun quyosh energiyasidan foydalanish imkonini beradi.

Shu munosabat bilan Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi faoliyati atroflicha o‘rganildi. Bu yerda olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lmoqda. Birlashmada suv va issiqlik ta’minoti qurilmalarini yaratish, maxsus materiallar ishlab chiqarishda quyosh energiyasidan foydalanish, material va konstruksiyalarga termik ishlov berish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlari faol amalga oshirilmoqda. 

Konferensiyada sanoat korxonalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, bino va inshootlarda energiya ta’minotini monitoring qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi.