Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya resurslaridan samarali foydalanish choralari belgilandi
14:37 / 2026-01-14

Respublika Bosh prokurori o‘rinbosari S.Samadov Bulung‘ur tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida tumanda amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari, ijtimoiy soha ob’ektlarining holati hamda belgilangan loyiha va sifat talablariga rioya etilishi  bilan tanishildi.  

Jumladan, “Yangi O‘zbekiston” massivida aholi turar joylari, ta’lim va tibbiyot muassasalari qurilishi, ushbu ob’ektlarga kommunal xizmat ko‘rsatish masalalari mas’ullar bilan birga o‘rganildi.  

Shuningdek, tumandagi ariq va kollektor tarmoqlarini betonlashtirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman hokimligida energiya resurslaridan samarali foydalanish, mavjud qarzdorlikni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish holati, to‘lov intizomini mustahkamlash, noqonuniy ulanishlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.  

Bosh prokuror o‘rinbosari energiya resurslaridan qarzdorlikni bartaraf etish, qonuniylikni ta’minlash, mas’ul tashkilotlar faoliyatida intizomni kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri