English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari davom etayotgani tanqid qilindi
13:52 / 2024-03-15

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda energiya resurslaridan foydalanishda qonun-qoidalarga rioya etilishi bo‘yicha hududlarda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.  

Aytib o‘tilganidek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-toroj qilish holatlari o‘g‘rilik jinoyati sifatida baholanadi. Yirik iste’molchilar, xususan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar davom etmoqda.  

Shu sababli, tadbirda borada tushuntirish ishlari olib borish va nazorat tadbirlarini kuchaytirishga katta ahamiyat berilishi ta’kidlandi.  

Shuningdek, yig‘ilishda energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha rasmiylashtirilayotgan ma’muriy ishlarning natijalari yuzasidan ham fikr almashildi.  

   

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA