Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish 3,1 milliard so‘mlik zararga olib keldi
17:24 / 2025-12-13

"O‘zenergoinspeksiya" tomonidan energetika resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yish, ta’minot tizimida intizomni mustahkamlash hamda iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish maqsadida  hududlarda muntazam ravishda tezkor nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlar doirasida Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qator qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Jumladan, "O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Nurobod tumanida “S.O.B.S.” MCHJga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik orqali davlat manfaatlariga 1 milliard 734 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Shuningdek, "O‘zenergoinspeksiya" Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlari davomida ham energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari qayd etildi. Xususan, Farg‘ona tumanida “O‘.B.F.” xususiy korxonasiga qarashli hammomda tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 1 milliard 248 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

Bundan tashqari, Qo‘qon shahridagi “Sulaymon” MFY hududida faoliyat yuritayotgan choyxonada to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanish orqali 116,6 million so‘mlik, “Kalvak guzari” MFY hududidagi noturar binoda esa hisoblagichsiz foydalanish natijasida 77,8 million so‘mlik iqtisodiy zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Inspeksiya axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur aniqlangan barcha holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA