Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya resurslari bo‘yicha qarzdorliklar undirilmoqda
13:50 / 2023-09-27

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari sud va boshqa organlar hujjatlariga asosan energiya resurslari sohasida yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Xususan, Byuroning Bandixon tuman bo‘limi ish yurituviga iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning tabiiy gaz va hududiy elektr ta’minoti korxonalari foydasiga jami 115 ta qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari qabul qilinib, ularning 85 tasi yoki 1 mlrd. 73 mln. so‘mdan ortiq ijro hujjatlari ijrosi ta’minlandi.

Misol uchun, tumanda faoliyat yuritib kelayotgan “YANGIBOGʼ NAVROʼZ MIRISHKORI“ fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligi o‘z vaqtida amalga oshirilmagan. Ushbu masala Qumqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilib, ta’minotchi korxona foydasiga 55 mln. 658 ming so‘m qarzdorlik undirilishi belgilandi.

Sudning mazkur ijro hujjati Byuroning Bandixon tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, qarzdor fermer xo‘jaligining hisob raqamlariga band solindi. Shuningdek, fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan mulklar xatlovga olindi. Shundan so‘ng, fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan qarzdorlik to‘liq to‘lab berildi va unga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.

Xuddi shuningdek, tumandagi “BEKTEPA IFTIXORI“ fermer xo‘jaligidan 13 mln. 925 ming so‘m elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligini undirish maqsadida fermer xo‘jaligiga tegishli “BELARUS 80X” rusumli traktor vositasi xatlovga olingandan so‘ng fermer xo‘jalik rahbari tomonidan mavjud qarzdorlik to‘liq to‘lab berildi.

Bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

M.Qosimova, O‘zA