Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya ishlab chiqaruvchining o‘zi “yashil energiya”dan foydalanmoqda
12:56 / 2024-09-18

Bu xabarni o‘qigach, “Bo‘zchi belboqqa yolchimabdi”mi, demang. Aslo unday emas. Gap yangilikka intiluvchanlik, izlanish va izchillikda. Ha, Farg‘ona issiqlik elektr markazida energiya samaradorligini oshirish maqsadida yashil energiya – quyosh panellaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Ya’ni elektr energiya ishlab chiqaruvchi markaz energiyaga bo‘lgan o‘z ehtiyojini muqobil energiya manbaalari asosida qoplash maqsadida ayni kunlarda 3,2 mVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini ishlatmoqda. Natija qanday, dersiz. Mana, qarang, shu yilning yetti oyida jami 2,1 mln kVt soat elektr energiyasi va 339 ming kubometr tabiiy gaz tejab qolindi.

Bu nima degani? Elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun quyosh panellari orqali sarflangan energiya 10339 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.

Korxona hududida yirik suv idishlari o‘rnatilgan binolarni ko‘rasiz. Ha, topdingiz, endi farg‘onalik elektr markazi mutaxassis, ishchi-xodimlari maishiy ehtiyojga sarflanadigan suvni ham quyosh panellari yordamida isitmoqda. Shunday qilib, 14 ta suv isitish qurilmasida 6 ming kubometr gaz va 29,2 gekokaloriya issiqlik energiyasi tejalayapti.

Muhammadjon Obidov, O‘zA muxbiri