Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energiya auditi va raqamli platformaning imkoniyatlari qanday?
13:10 / 2026-01-26

Mamlakatimizda energiya samaradorligini oshirish va resurslarni tejash masalasi kun tartibida turibdi. Sohadagi mavjud muammolar va imkoniyatlarni tahlil qilish, qonunchilikni takomillashtirish va energiya audit xizmatlari sifatini oshirish uchun zamonaviy mexanizmlar joriy qilish har tomonlama muhokama qilinmoqda.

Poytaxtimizda “Energiya audit sohasidagi dolzarb masalalar” mavzusida tashkil etilgan respublika seminarida bu borada atroflicha fikr almashildi.

Energiya samaradorligi milliy agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya” vakillari, xalqaro tashkilotlar, energiya auditorlari va ularni tayyorlovchi ta’lim muassasalari, Energetiklar uyushmasi hamda sohaning malakali mutaxassislari ishtirok etdi.

Unda mutaxassislar qayd etganidek, energiya audit sohasidagi mavjud muammolarni muhokama qilish, qonunchilik va normativ bazani takomillashtirish, shuningdek, xizmat sifati va samaradorlikni yaxshilashga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqish bugungi kun talabidir. Shunga ko‘ra, tadbir davomida energiya auditini raqamli platforma - esma.uzex.uz orqali tashkil etish va nazorat qilish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Mazkur platforma auditorlarni tanlash, hisobotlarni shakllantirish va xizmatlarning shaffofligini ta’minlashda muhim qadam. Platforma operatori Respublika tovar-xom ashyo birjasi hisoblanadi. 

Tadbirda energiya auditorlarini sertifikatlash jarayonlari ham tahlil etildi. Unda ta’kidlanishicha, sertifikatlash bino-inshootlar va sanoat sohalari uchun alohida yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, auditorlarning yagona reyestri, ularning malaka toifalari va reyting tizimi, hamda davlat va xususiy sektor ob’ektlarida auditni amalga oshirish tartiblari mavjud. Hozir platformada energiya auditorlarining yagona reyestri moduli faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda qator tashkilotlar hamkorligida 10 ta ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida energiya auditorlarini tayyorlash va sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, tadbirda aholi uy-joylari uchun energiya auditini tashkil etish va energiya tejamkor qurilmalarni o‘rnatishni rag‘batlantirish choralari muhokama qilindi. 2025 yilda ushbu chora-tadbirlar doirasida aholiga energiya auditi va qurilma xaridlari uchun subsidiya ajratildi. Ushbu mablag‘larning katta qismi energiya samarador qurilmalarga, qolgani energiya audit xarajatlariga yo‘naltirilgan.

Seminar yakunida energiya audit sohasini rivojlantirish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda energiya audit xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha qator muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA