Ayni kunlarda “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida energetika korxonalarining majburiy energiya auditidan o‘tkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Unga ko‘ra, 2025 yilda Davlat energetika reyestriga kiritilgan 357 ta korxona energiya auditidan majburiy ravishda o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Nazorat tadbirlarida ma’lum bo‘lishicha, ulardan 31 ta korxona hozirga qadar energiya auditini o‘tkazish ishlarini umuman boshlamagan.
Shu sababli, energiya auditini o‘tkazish bo‘yicha belgilangan talablarni o‘z vaqtida bajarmagan ushbu korxonalarga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 19 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, yetkazib berilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun belgilangan tariflarga 1,5 baravar miqdorda o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llanildi.
Inspeksiya axborot xizmatiga ko‘ra, Davlat energetika reyestriga kiritilgan korxonalar tomonidan majburiy energiya auditini o‘tkazish talablarining buzilishi qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA