Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetiklarga zamonaviy elektromobillar topshirildi
15:19 / 2026-01-29

FOTOREPORTAJ

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Namangan hududiy filialiga Xitoyda ishlab chiqarilgan 15 ta zamonaviy elektromobil topshirildi. Yangi transport vositalari barcha shahar va tuman elektr ta’minoti bo‘limlari tasarrufiga berildi.

Qayd etilishicha, mazkur elektromobillar aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, shuningdek, avariya va favqulodda holatlarga tezkor javob berish imkoniyatlarini kengaytiradi.

[gallery-27360]

Tantanali tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filiali rahbariyati hamda soha xodimlari ishtirok etdi.

Hotam MAMADALIEV olgan (surat), O‘zA