Energetika vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Azim Israilovich Ahmedxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori;

Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari;

Azizxo‘ja Ochilovich Qobilov — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zA