Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika vazirligi olimlar bilan qanday hamkorlik qilyapti?
10:25 / 2023-08-12

—Energetika tizimida qish va yozgi mavsumda ortib ketadigan yuklamalarni bartaraf etish uchun olimlar qanday tavsiyalarni bermoqda?

— Energetika vazirligi bilan olimlarning hamkorligi qanday? 

Ushbu savollarga O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali bo‘lib o‘tgan ovozli chat davomida javob olindi. 

Unda ekspert sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori Kamoliddin Qodirov hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti kafedra mudiri, texnika fanlari doktori Dilshod Qodirov ishtirok etdi. 

—Respublika elektr energetika tizimida asosan qish va yozgi mavsumlarda yuklamaning ortib ketishi asosiy muammo hisoblanadi. Ushbu yuklamalarni bartaraf etishda olimlar tomonidan qanday ishlar olib borilmoqda? 

— Elektr energetika tizimida yuklamaning ortib ketishi tizimda avariya holatlarining kelib chiqishiga bevosita sabab bo‘ladi, — deydi Kamoliddin Qodirov. — Yuklamalarning oldini olishda asosiy omil dispetcherlik xizmati hisoblanadi. Dispetcherlar yordamida ertalab va kechki yuklamalarni bartaraf etish uchun soha xodimlari tomonidan ish olib boriladi. 

Olimlar tomonidan ertalabki va kechki tig‘iz davrlardagi  yuklamalarni vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarini hisobga olgan holda nazorat qilish mumkinligi asoslab berildi. Bu tizim respublikamizda quvvati 750 kilovattdan yuqori bo‘lgan iste’molchilar, ya’ni korxonalar miqyosida yo‘lga qo‘yilgan. Ularning elektr energiyasi iste’mol qilishdagi tarif narxlari boshqa tarif narxlariga nisbatan ham yuqoriroq bo‘ladi. 

— Hozirgi kunda sohadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha energetika vazirligi bilan olimlar o‘rtasida qanday hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan? 

— Ushbu savolingizga oliy ta’lim muassasasi misolida javob berib o‘taman. Energetika vazirligi huquqiy energetika tizimidagi ma’muriy islohotlarni amalga oshiradigan yuqori tizim hisoblanadi. Stansiyalar, hududiy, milliy elektr tarmoqlari esa uning quyi tizimidir. Biz olimlar aynan energetika tizimidagi ob’ektlar, stansiyalar bilan ham ilmiy, ham amaliy tomonlama yaqindan ishlaymiz. 

Respublika bo‘yicha 200 dan ziyod talabalarimiz bor. Ular yozgi ta’til vaqtida elektr stansiyalarida amaliyot olib borishadi. Bu yilgi amaliyotlar yaqinda yakunlandi. Biz ularning amaliyot jarayonlarini kuzatdik. Talabalar orasida iqtidorlilari anchagina. Aynan ularning sa’y-harakatlari tufayli tizimda anchagina modernizatsiya, ya’ni yangilanishlar bo‘lyapti.

Energetika sohasi bo‘yicha olimlarning fikrlari hamda tavsiyalari e’tiborga olinib, bu narsa stansiyalarda sekin-astalik bilan bo‘lsada o‘z natijasini beryapti. Undan tashqari olimlar bilan bevosita amalga oshirilayotgan loyihalar ham bor. Korxonalardagi biror-bir dastgoh yoki qurilmani o‘rnatishda xatolik bo‘lsa, uni tuzatish uchun  korxona rahbarlari xorijdagi mutaxassislardan yordam so‘ramasdan, shu sohada izlanish olib borgan olimlarni chaqirib, muammolar o‘rnida hal etilyapti. 

Ayniqsa, xorijiy kompaniyalarga bu hamkorlik juda ham qo‘l kelyapti. Chunki ularning mablag‘lari, ham vaqtlari tejaladi. Energetika vazirligi bizga ishonyapti va qaysidir ma’noda yosh kadrlar bilan o‘zining zaxirasini to‘ldiryapti, — deydi Dilshod Qodirov. 

 <iframe width="887" height="499" src="https://www.youtube.com/embed/YTtRiPSAbrM" title="Energetika vazirligi olimlar bilan qanday hamkorlik qilyapti?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, 

A.Sodiqov (video) O‘zA