Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika vazirligi ogohlantiradi: "metan" zapravkada ortiqcha to‘lagan pulingizni talab qilishga haqqingiz bor
09:24 / 2024-04-02

Bugun ayrim "metan" zapravkalarda aholidan bir kubometr siqilgan gaz uchun 3800 so‘mdan pul olingani haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Bunday noqonuniy yo‘l tutgan "metan" zapravkalarga huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa tegishli organlar bilan hamkorlikda ta’sir choralari ko‘rilmoqda.  

Shuningdek,  vazirlik iste’molchilarni ogohlantirmoqda.

Agar siz bugun bir kubometr siqilgan gaz uchun 3350 so‘mdan ziyod miqdorda haq to‘lagan bo‘lsangiz, qo‘lingizdagi to‘lov chekini o‘sha zapravkaga olib borib, ortiqcha to‘langan pulni talab qilishga haqqingiz bor,  deyiladi xabarda.  

 

O‘zA.