Energetika vazirligi Matbuot xizmati faoliyati samaradorligi natijalari reytingida yuqori o‘rinni egalladi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2021 yilning birinchi choragida bir nechta vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Energetika vazirligi Matbuot xizmati faoliyati samaradorligi natijalari reytingida yuqori o‘rinni egalladi.
Bugun, 23 iyun kuni AOKA tomonidan o‘tkazilgan “Matbuot xizmatlari faoliyati: asosiy mezonlar – ochiqlik, tezkorlik va xolislik” mavzusidagi milliy konferensiyada Energetika vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi Elmira Bekmurodova munosib taqdirlandi.
Shu o‘rinda, barcha hamkasblarimizga, vazirlik faoliyatini keng yoritishda faollik ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, jurnalist va blogerlarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
O‘zA