English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika vazirligi hududlarda elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkazmoqda
18:17 / 2024-09-21

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, kuni kecha energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov ishtirokida Jizzax viloyatining shahar va tumanlaridagi jismoniy hamda yuridik shaxslarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar, elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari vakillari qatnashgan tadbirda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir ta’minoti bo‘yicha yuzaga keladigan muammolar tanqidiy tahlil etildi.

Shuningdek, unda energiya samaradorligi hamda 2024/2025 yillar kuz-qish davrida iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashga tayyorgarlik masalasi yuzasidan tadbirkorlarning muammolari o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ayni paytda hududlar bo‘ylab sayyor qabullar davom etmoqda.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA