English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika vazirligi delegatsiyasi Qirg‘iz Respublikasida bo‘ldi
20:36 / 2023-04-12

Joriy yilning 10 aprel kuni Energetika vazirligi boshchiligidagi ishchi guruh Qirg‘iz Respublikasining Qadamjay tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad tomonlar o‘rtasida “Shimoliy So‘x” gazni yer ostida saqlash inshootida tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash” loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun imzolangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi bilan bog‘liqdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qo‘shma amaliy harakatlar rejasi tasdiqlangan edi. UndaY “Shimoliy So‘x” gazni yer ostida saqlash inshootida tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash” loyihasi ham o‘rin olgan.

Mazkur rejaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 15 kishidan iborat ishchi guruh shakllantirildi. “O‘zLITIneftgaz” AJ bilan birgalikda “Shimoliy So‘x” GEOSI quduqlarida dala tadqiqotlarini o‘tkazish uchun Texnik topshiriq ishlab chiqildi.

Tashrif chog‘ida o‘zbek tomoni Qirg‘iz Respublikasi ishchi guruhi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, hududdagi gaz quduqlarining holati ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan navbatdagi ishlar belgilab olindi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.

O‘zA