Energetika vaziri: Yapon kompaniyalari mamlakatimizga ko‘p sarmoya kiritmoqda
Markaziy Osiyo davlatlarining Yaponiya bilan hamkorligi jarayonida energetika sohasi strategik yo‘nalish sifatida e’tirof etiladi.
Shu bois tomonlar o‘rtasidagi ilk davlat rahbarlari sammitida ushbu yo‘nalish ham diqqat markazida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda yapon kompaniyalarining mamlakatimiz energetika sektoriga qiziqishi sezilarli darajada oshgan. Xususan, qayta tiklanuvchi manbalar, energiya samaradorligi va zamonaviy texnologiyani joriy etish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gpG-v_PFUeU" title="Energetika vaziri: Yapon kompaniyalari mamlakatimizgako‘p sarmoya kiritmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Yoqub Meliboyev (video),
O‘zA