French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika vaziri mamlakatimizdagi birinchi avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash stansiyasidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
16:54 / 2021-10-13

Energetika vaziri Alisher Sultonov Toshkent viloyatining O‘rta-Chirchiq tumanida O‘zbekistonda «Bektemir» avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash stansiyasida (AGTS) olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi, deb ma’lum qildi vazirlik matbuot xizmati.

Ushbu barpo etilayotgan avtomatlashtirilgan stansiya Toshkent shahri va viloyatidagi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatib, uning raqamlashtirilishi natijasida har bir GTS onlayn nazorat qilinadi va inson omilisiz masofadan boshqarilishiga erishiladi.

Shu bilan birga, mazkur loyiha asosida tabiiy gaz bilan ta’minlanuvchi Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi 9 ta, Toshkent viloyatining 8 mahallalaridagi aholi iste’molchilari ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimiga o‘tkazilmoqda. Buning natijasida, shu paytgacha tabiiy gaz bosimi bo‘yicha kuzatilgan muammolar to‘liq bartaraf etiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida, 14 ta yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti yangilandi, 139 ta o‘rta bosimli GTS olib tashlandi. 9 400 ta xonadon me’yoriy gaz bosimiga ega bo‘ldi. Yillik 701 ming kub metr tabiiy gaz yo‘qotilishining oldi olindi. Toshkent shahrida yillik 16 mln kub metr tabiiy gazning aniq o‘lchovi olib boriladi.

A.Sultonov O‘rta-Chirchiq tumani Birlik mahallasidagi aholi xonadonlariga tashrif buyurib, iste’molchilarning tabiiy gaz bilan ta’minlanish holatini o‘rgandi. Olib borilgan ishlar natijalari xususida yaratilgan qulayliklar haqida aholi vakillari bilan muloqot qildi.

Shuningdek, vazir mazkur hududdagi issiqxonalarning energiya resurslari bilan ta’minlanish holati bilan tanishdi. Unda issiqxonaning muqobil yoqilg‘isi zaxirasi, isitish qozonlari standart talablariga javob berish holatlari ko‘zdan kechirilib, mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Havo haroratining keskin pasaygan kunlarida ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi xonadonlarini bir maromda uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun issiqxonalarning vaqtincha muqobil yoqilg‘iga o‘tishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA