Iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida qanday vazifalar amalga oshirilmoqda?
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Mustaqillik yillarida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan chora-tadbirlar, erishilgan natijalar va muammolar” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Mustaqillik yillarida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan chora-tadbirlar, erishilgan natijalar va muammolar” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari J.Obidjonov va boshqalar elektr energetika sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanishini ta’kidladi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni ushbu jabhadagi o‘zgarishlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Mamlakatimizda hosil qilinayotgan elektr energiyasining qariyb 97 foizi “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi elektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan yili elektr energetika tizimidagi mavjud korxonalar tomonidan iste’molchilarga jami 57 milliard kilovatt/soatdan ortiq elektr energiyasi yetkazib berilgan.
Bugungi kunda bir yilda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmi 60 milliard kilovatt/soatdan ortiq bo‘lib, ishlab chiqarish o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalaridagiga nisbatan qariyb 10 milliard kilovatt/soatga ko‘paygan.
Aholi turmush darajasining o‘sishi, turli zamonaviy maishiy elektr jihozlarining turmushda foydalanish ko‘lami kengayayotgani bois, elektrga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
Elektr energiyasini hosil qiluvchi quvvatlarni oshirish, magistral va taqsimlash elektr uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati davlatimiz tomonidan qabul qilingan dasturlar asosida qator istiqbolli loyihalar, chora-tadbirlar, xalqaro kredit institutlarining mablag‘larini jalb etgan holda investitsion loyihalarni amalga oshirayotir.
Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.