French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika tizimi 24/7 rejimida kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda – Energetika vazirligi
16:24 / 2026-01-23

Energetika sohasida barqarorlikni ta’minlash va aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlarining energiya ehtiyojini qoplash davlat uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu kunlardagi ko‘rsatkichlar esa elektr energiyasi va gaz ta’minotida samarali rejalashtirish va tezkorlik bilan nazoratni ta’minlayotganini ko‘rsatmoqda.

Xususan,  kecha, 22 yanvar kuni elektr stansiyalari orqali jami 270,7 million kVt·soat, rejadagiga nisbatan 105 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Respublika iste’molchilariga 244,6 million kVt·soat, rejadagiga nisbatan 101 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz iste’moli 152,3 million metr kubni tashkil qildi.  

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga maxsus texnikalar va jamoat transportlari uchun 1,7 million metr kub tabiiy gaz yetkazib berildi. 2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi. Bu rejaga nisbatan 109 foiz ko‘p. Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga 1 ming 900 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hududlardagi gaz to‘ldirish shoxobchalarida 6,5 ming tonna suyultirilgan gaz zaxirasi yaratilgan.

– Avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, 22 yanvar kuni birja savdolariga jami 11 845 tonna avtobenzin va 15 788 tonna dizel yonilg‘isi chiqarilib, shundan 4 678 tonna benzin va 624 tonna dizel yonilg‘isi sotilgan. Shuningdek, birja savdolariga 2 190 tonna suyultirilgan gaz chiqarilib, shundan 2 128 tonnasi sotilgan. Kecha elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 14 ta, gaz ta’minotida esa 3 ta nosozlik avariya brigadalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Tizim 24/7 rejimida kuchaytirilgan tartibda ishlab, avariya brigadalari tomonidan nosozliklar bartaraf etilgan holda ta’minotni bosqichma-bosqich tiklash choralari ko‘rilmoqda, – dedi  Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova.

N.Ziyodullayeva, O‘zA