Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika sohasida davlat kafolatisiz birinchi korporativ kredit ajratilishi to‘g‘risida hujjat imzolandi
13:19 / 2021-10-11

Avval xabar qilinganidek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Barqaror infratuzilma guruhi boshqaruvchi direktori Nandita Parshad va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktor Jujanna Xargitay boshchiligida delegatsiya mamlakatimizda bo‘ldi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi tarixida energetika loyihasini amalga oshirish uchun davlat kafolatisiz birinchi korporativ kredit ajratilishi to‘g‘risidagi hujjat imzolandi. U Energetika vazirligi va YeTTB mutasaddiligidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida kredit olish uchun mandat xatining imzolanishidir.  

 Unga ko‘ra, moliyalashtirish mablag‘lari 500 kV Sarimoy-Jonkeldi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish uchun investitsiya loyihasini amalga oshirishda ajratiladi. Bu elektr uzatish tarmog‘i mamlakatning ikki viloyatida bo‘lajak shamol elektr stansiyalarining quvvatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlaydi. Ya’ni, bu quvvati 500 MVt bo‘lgan “BASH” shamol elektr stansiyasi (Buxoro viloyati) va quvvati 500 MVt bo‘lgan “Jonkeldi” shamol elektr stansiyasidir (Navoiy viloyati).  

 Mazkur ikkita shamol elektr stansiyasini qurish loyihalari Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda. 2021 yilning 24 yanvar kuni loyiha bosh pudratchisi bilan aholi va mamlakat iqtisodiyotining o‘sib borayotgan talabini qondirish uchun foydalaniladigan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi.  

 

 Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA