Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika ob’ektlarida ta’mirlash ishlari sifatini nazorat qilishda kamchiliklar aniqlandi
15:23 / 2025-09-12

Energetika tarmog‘idagi ob’ektlarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining samaradorligi va sifati aholi hamda ishlab chiqarish korxonalarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois mazkur jarayonlarning belgilangan me’yor va talablarga to‘liq mosligi davlat nazorati organlari tomonidan doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.  

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining xabar berishicha, Samarqand viloyatining Oqdaryo, Narpay va Paxtachi tumanlarida o‘tkazilgan ko‘rik natijalarida 40 ta transformator punkti tekshirilib, shundan 18 tasida ta’mirlash ishlarining sifati va amaldagi qoida talablariga javob bermasligi aniqlangan.  

Tekshiruv davomida 0,4 kV taqsimlash qurilmasi kabellari tartibsiz o‘rnatilgani, elektr qurilmalari elektrtexnika laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagani, taqsimlash qurilmalarida saqlagichlar o‘rniga qo‘lbola nostandart sim tortilgani hamda transformatorlarda moy sizish holatlari mavjudligi ma’lum bo‘ldi.  

Mazkur holat yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA